TGViewer
UTYCARGO Uzbekistan UTYCARGO Uzbekistan @utycargo · 1.18K subscribers
Post #1689 3.85K
Afg'onistonga yuklarni konteynerlarda yopiq vagon maqomida eksport qilish jarayoniga rasman start berildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasining logistika salohiyatini yanada oshirish, konteynerlarni maxsus shartlarda tashuvlarini rivojlantirish hamda qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim amaliy qadam tashlandi.

Xususan, "Temiryo‘lkargo" AJ tashabbusi bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga konteynerlar orqali maxsus shartlarda (tarif narxlari yopiq vagon orqali tashish narxiga tenglashtirilgan) eksport qilish jarayoniga rasman start berildi.

Mazkur loyiha doirasida "Temiryo‘lkargo" AJ Multimodal va yuk terminallari bo‘limi boshlig‘i O.U. Raxbarov, Toshkent filiali boshlig‘i T.N. Nurillayev hamda Chinoz temir yo‘l bekati boshlig‘i B. Xodimatov hamkorligida Afg‘onistonga mo‘ljallangan un mahsulotlarini konteynerlarga yuklash va jo‘natish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Eksport yuklarini konteynerlarda tashish yuklarning butligini va xavfsizligini ta'minlaydi, ularni tashqi ta'sirlardan ishonchli himoya qiladi, ortish-tushirish jarayonlarini tezlashtiradi hamda yuklarni belgilangan manzilga qisqa muddatlarda va sifatli yetkazib berish imkonini yaratadi.

Mazkur tashabbus nafaqat O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishga, balki Afg‘oniston yo‘nalishida zamonaviy multimodal logistika xizmatlarini keng joriy etish, yuk tashish samaradorligini yuksaltirish va xalqaro transport koridorlaridan yanada samarali foydalanishga xizmat qiladi.

"Temiryo‘lkargo" AJ multimodal operator sifatida kelgusida Afg‘oniston yo‘nalishida konteyner tashuvlari hajmini bosqichma-bosqich oshirish hamda ushbu yo‘nalishda muntazam konteyner poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

#⃣web sayt ❤️‍🔥linkedin.com ❤️‍🔥instagram ❤️‍🔥facebook
  • 👍 6
  • 🔥 1
More from @utycargo
  1. Sep 7, 2026Channel photo updated
  2. Aug 28, 2026Channel photo updated
  3. Aug 28, 2026🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son Qarori hamda "…
  4. Aug 28, 2026SPORT — SOG‘LOM HAYOT VA BIRLIK TIMSOLI! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligin…
  5. Aug 28, 2026QO‘QON VAGON DEPOSIDA SHAXMAT BO‘YICHA KORXONA BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI 🇺🇿O‘zbekiston Res…
  6. Aug 28, 2026STOL TENNISI BO‘YICHA KORXONA BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →