TGViewer
UTYCARGO Uzbekistan UTYCARGO Uzbekistan @utycargo · 1.17K subscribers
Post #1947 713
QO‘QON VAGON DEPOSIDA SHAXMAT BO‘YICHA KORXONA BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan “Temiryo‘lkargo” AJga qarashli Qo‘qon vagon deposida xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha korxona birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqada jami 12 nafar xodim ishtirok etib, o‘zlarining strategik fikrlashi, bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.

🏆Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

🥇1-o‘rin — Bosh hisobchi Usmonov Muhammadjon Shuxratjon o‘g‘li
🥈2-o‘rin — G‘ildirak juftliklarini ta’mirlash ustaxonasi defektoskopisti Meliqo‘ziyev Otabek Muhammadali o‘g‘li
🥉3-o‘rin — G‘ildirak juftliklarini ta’mirlash ustaxonasi chilangari Tursunbayev Muhammadjon Turgunovich

G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!
♟ Shaxmat — aql, strategiya va sabr musobaqasi. Bunday bellashuvlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

✅✅✅✅✅✅
#⃣web sayt ❤️‍🔥linkedin.com ❤️‍🔥instagram ❤️‍🔥facebook
  • 👍 2
More from @utycargo
  1. Sep 7, 2026Channel photo updated
  2. Aug 28, 2026Channel photo updated
  3. Aug 28, 2026🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son Qarori hamda "…
  4. Aug 28, 2026SPORT — SOG‘LOM HAYOT VA BIRLIK TIMSOLI! 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligin…
  5. Aug 28, 2026STOL TENNISI BO‘YICHA KORXONA BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →