TGViewer
Maktab ta'limi xodimlari | Rasmiy kanali Maktab ta'limi xodimlari | Rasmiy kanali @ustoz_lotin · 20.5K subscribers
Post #672 3.58K
⚡️Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirma haqida ayrim savollarga Xushnudbek Xudoyberdiyev javoblari:

❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?

Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilganPedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.

❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?

Javob: yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.

❓To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?

Javob: ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.

❓Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?

Javob:
ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.

❓Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?

Javob: xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.

❓Qachondan ariza topshirish boshlanadi?

Javob: hozirda kontrakt.edu.uz saytida texnik ishlar olib borilmoqda, taxminan 1 haftalarda chegirma olish uchun ariza yuborish imkoniyati yaratiladi. Arizani talabaning o‘zi beradi, ota-onasi emas.

👉 @MMTV - MAKTAB TA'LIMI XODIMLARI KANALIGA ULANING!
  • ❤ 4
More from @ustoz_lotin
  1. Oct 7, 2026#Foto ⚡️2026-yil avgust-dekabr oylari toifa testlari oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan joy…
  2. Oct 7, 2026⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA TAYYORGARLIK UCHUN OKTYABR ONLAYN IMTIHONIGA QABUL BOSHLANDI! ❓Fa…
  3. Oct 5, 2026🎞🎞🎞 ⚡️Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 15-27-oktyabr kunlari…
  4. Oct 5, 2026Post #686
  5. Oct 5, 2026❓Taʼlim va ilm-fan vazirligi qaysi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi? ❗️P…
  6. Oct 4, 2026#Fayl ⚡️Oʻzbekiston Respublikasi «Taʼlim va ilm-fan vazirligi»ni tashkil etish toʻgʻrisida…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →