❗️Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.
✅Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi:
➡️ maktabgacha taʼlim va tarbiya;
➡️ umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
➡️ kasbiy taʼlim;
➡️ oliy taʼlim;
➡️ oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
➡️ kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
➡️ qoʻshimcha va norasmiy taʼlim.
☝️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy taʼlim,
fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari
va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha
huquqiy vorisi hisoblanadi.
👉 @MMTV - MAKTAB TA'LIMI XODIMLARI KANALIGA ULANING!