❗️Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026 y.) bilan pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.
🔰 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab har yili davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.
📌 Chegirma davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.
❌ Chegirma :
▪️ oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlarida;
▪️ Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallarida ;
▪️qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida;
▪️xorijiy hamkor OTMlarning qoʻshma taʼlim dasturlari asosida va fakultetlarida;
▪️ nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
👨👩👧👦 Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan boʻlsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qoʻllaniladi.
📝 Pedagog farzandlari toʻlov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi.
📲 Arizani koʻrib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qoʻllaniladi.
⏳Arizalar masʼul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
📌 Pedagog farzandlariga mazkur chegirma oʻquv yili uchun bir marotaba qoʻllaniladi.
❗️Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi oʻquv yilidan boshlab unga chegirma qoʻllash toʻxtatiladi.
👉 @MMTV - MAKTAB TA'LIMI XODIMLARI KANALIGA ULANING!
