TGViewer
UrDU • УрГУ • UrSU UrDU • УрГУ • UrSU @urdu_pressa · 16.1K subscribers
Post #88458 2.16K
🏛Ta’lim sifati nazorati: Kimyoviy texnologiyalar fakultetida o‘rganish ishlari olib borildi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish hamda dars mashg‘ulotlarining belgilangan talablar asosida tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan tizimli o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘ayrat Raximov hamda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i G‘ayrat Matlatipov tomonidan Kimyoviy texnologiyalar fakultetida olib borildi.

Jarayon davomida dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati, talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligi hamda mavjud shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyati, ulardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar yakunida mas’ullarga ta’lim sifatini yanada yaxshilash, nazariya va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish hamda o‘quv jarayonini belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
  • ❤ 4
  • 🔥 2
  • 👍 1
More from @urdu_pressa
  1. Oct 15, 2026#Videoreportaj | #Intervyu 🏛 Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazida yangi a…
  2. Oct 15, 2026🇺🇸Fulbright mutaxassisi Dr. Adam R. Hazlett UrDU talabalariga ma’ruzalar o‘qidi Bugun Ur…
  3. Oct 15, 2026TAʼZIYA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi Tabiiy va qishloq…
  4. Oct 15, 2026📢⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 📌 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga talabgorlar — mustaqil izlanu…
  5. Oct 15, 2026📸📸📸 Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Nigora Yodg…
  6. Oct 15, 2026#kutubxona_faoliyatidan 📚 Axborot-resurs markazi fondiga yangi adabiyotlar topshirildi Ur…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →