🏘 Ijara xonadonlarida o'rganish ishlari davom etmoqda
Ayni kunlarda kuz-qish mavsumida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash, yoshlarni holidan xabar olish maqsadida Urganch davlat universiteti mas’ullari tomonidan ijara xonadonlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, bugun kechki paytda birinchi prorektor Sherali Allaberganov hamda Protokol xizmati rahbari Abdurahmon Darobov boshchiligida tyutorlar, yoshlar masalasiga bevosita mas’ullardan iborat ishchi guruh ijara xonadonlarida boʻldilar.
Oʻrganishlar davomida yong‘in va texnik xavfsizlik holati, elektr va gaz jihozlarining sozligi hamda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, talabalarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha zarur tushuntirish ishlari olib borildi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Post #88409
1.54K










- ❤ 4
- 👍 3
- 🙏 1