🇺🇿🇨🇳 UrDUning bir guruh talabalari qo’shma ta’lim va dual ta’lim uchun Xitoyga yo’l oldilar
Bu yilgi yangi o’quv yilidan Xitoyning Xuzhou texnologiya universiteti va XCMG yirik korxonasi hamkorligidagi Mexanika muhandisligi 2+1+1 qo‘shma ta’lim dasturini yo’lga qo’yildi.
Dastur bo’yicha talaba uchun 2 yil UrDU (O‘zbekiston)da, 1 yil XUT (Xitoy)da, 1 yil XCMG kabi yirik korxonalarning Xitoydagi va Xorazmdagi filiallarida dual ta’lim tashkil qilinadi.
Yana bir jihat, Urganch davlat universitetining mazkur o’quv dasturlari va laboratoriya moddiy texnik bazasi belgilangan talablarga to’g’ri kelganligi sababli Mexanika muhandisligi yo’nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalarimizga bu yildan ushbu qo’shma ta’lim dasturi amal qilib, ularning bir guruhi Xitoyga o’qishga yuborilmoqda.
Ta’lim O‘zbekistonda boshlanib, Xitoyda davom ettiriladi. Dastur yakunida bitiruvchilar kafolatlangan ish joyi bilan ta’minlanadi.
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Post #88122
2.54K

- ❤ 9
- 👍 4
- 🕊 3