11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni
Qizlarning munosib ta’lim-tarbiya olib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi — nafaqat bitta oilaning, balki butun mamlakatning ulkan yutug‘idir. E’tibor qurshovida va sog‘lom muhitda ulg‘aygan qizlardan kelajakda kuchli mutaxassislar hamda tashabbuskor yetakchilar yetishib chiqadi.
🇺🇳BMT tomonidan 2012-yildan buyon nishonlab kelinayotgan mazkur sananing asosiy maqsadi ham butun dunyoda qizlar duch kelayotgan ijtimoiy tengsizlik, ta’limdagi to‘siqlar hamda erta nikoh kabi muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat.
Qizlarimizning ta’limi, salomatligi va shaxsiy rivojlanishiga bugun qaratilayotgan e’tibor — ertangi farovon jamiyat uchun eng mustahkam poydevordir!
💐Aziz va qadrli talaba-qizlarimiz! Barchangizga “Xalqaro qizlar kuni” muborak bo‘lsin!
©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Post #88111
3.15K
- ❤ 25
- 🎉 12
- 😍 7
- 🥰 2
- 🔥 1
- 🕊 1