Mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
🤩 Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va uning Xorazm viloyat Kengashi vakillari “Mehnat huquqlari bo‘yicha maslahat kuni” munosabati bilan institut xodimlari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda Federatsiyaning Xorazm viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Kamoljon Bekchanov, Federatsiya Yuridik bo‘limi mudiri Xamidulla Premkulov hamda murojaatlar bilan ishlash sho‘basi mudiri Guzalya Rzayeva ishtirok etdilar.
Muloqot davomida mehnat munosabatlarini tartibga solish, xodimlarning mehnat huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, mehnat nizolarining oldini olish hamda ularni hal etishda kasaba uyushmalarining vazifalari yuzasidan fikr almashildi.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook🌐Instagram📹YouTube
Post #45212
1.04K









- ❤ 1
- 👍 1