Kechki ta’lim talabalarining dars jarayonlari kuzatildi
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev boshchiligidagi mas’ullar Ijtimoiy va amaliy fanlar fakultetida kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning dars jarayonlarini kuzatdi.
Tashrif davomida o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, ta’lim sifati hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, talabalar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga javob berildi. Rektor yoshlarni puxta bilim olishga, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga va darslarda faol ishtirok etishga chaqirdi.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook🌐Instagram📹YouTube
Post #45263
736










- ❤ 2