🤚“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika musobaqalari o‘tkazildi
🤩 Urganch davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda jismoniy faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yengil atletika bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqalar davomida talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi va chidamliligini namoyon etib, o‘zaro bellashdilar. Bahslar sog‘lom raqobat va sportga xos ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Mazkur sport musobaqalari yoshlarning jismoniy salohiyatini rivojlantirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash hamda sportni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qilmoqda.
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook🌐Instagram📹YouTube
Post #45166
1.37K






- ❤ 1