🥉 O‘zbekiston dzyudo terma jamoasining jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgani barchamiz uchun quvonchli va faxrli voqea bo‘ldi.
Ayniqsa, terma jamoa safida Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Shirinjon Yo‘ldoshevaning munosib ishtirok etgani, yurtimiz sharafini xalqaro maydonda himoya qilgani tahsinga loyiq.
Har bir yutuq ortida tinimsiz mehnat, qat’iyat, kuchli iroda va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad sari intilish mujassam. Yoshlarimizning xalqaro maydonlarda erishayotgan bunday natijalari barchamizni birdek quvontiradi.
Shirinjon Yo‘ldosheva hamda O‘zbekiston dzyudo terma jamoasini ushbu yuksak natija bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Kelgusida ham yangi marralarni zabt etib, Vatanimiz bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘tarishlarini tilayman.
Aziz yoshlar! O‘z oldingizga ulkan maqsadlar qo‘ying, bilim va mahoratingizni muntazam oshiring, mehnat va intilishdan aslo to‘xtamang. Ishonamanki, sizlarning yutuqlaringiz yurtimiz taraqqiyoti va ravnaqi uchun xizmat qiladi.
Biz yoshlarimiz bilan faxrlanamiz va ularning har bir muvaffaqiyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!
Hurmat bilan,
Diyorjon Abdullayev
Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor.
✅ Telegram |💬Facebook | 🌐 Instagram


