🥉 TALABAMIZ — JAHON CHEMPIONATI SOVRINDORI!
🇺🇿 O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Quvonarlisi, terma jamoa safida Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Shirinjon Yo‘ldoshova ham munosib ishtirok etdi. U bronza medali uchun Mo‘g‘uliston terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda g‘alaba qozonib, jamoaning umumiy natijasiga muhim hissa qo‘shdi.
📌 Ma’lumot uchun: Shirinjon Yo‘ldoshova -70 kg vazn toifasida bellashadi. U 2024-yilda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin, 2025-yilda “Aktau Asian Judo Open” turnirida bronza, 2026-yilda esa kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
👏 Shirinjon Yo‘ldosheva va O‘zbekiston terma jamoasini ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz! Kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
#UrDPI #Dzyudo #JahonChempionati #Oʻzbekiston #BizningFaxrimiz
©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Sayt✅Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 📹YouTube




