Qarshida Kadastr agentligi rahbarining sayyor qabuli 9 soat davom etdi.
💬 Kecha Qarshi shahrida Kadastr agentligi direktori v.b. Sadriddin Turdiyev ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
⚡️ Soat 10:00 da boshlangan sayyor qabul 9 soat davom etdi. Qabulga jami 170 nafar fuqaro ro‘yxatga olindi. Ularning 40 nafardan ziyodi tadbirkorlar.
🔄 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari bevosita tinglanib, har bir masala bo‘yicha tegishli mas’ullar belgilandi. Murojaatlarning mazmuni, ijrosi va natijalari rahbar tomonidan shaxsan qayd etilib, nazoratga olindi.
🔗 Tongda boshlangan qabul kechga qadar davom etdi. Kun davomida yuzlab murojaatlar tinglanib, fuqarolarning kadastr va yer munosabatlariga oid masalalari o‘rganildi.
✅ Qabul yakunida ham murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
🇺🇿 Telegram | 🇺🇿 Instagram | 🇺🇿 YouTube | 🇺🇿 Facebook | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X