Kecha safarim davomida Susan ning Stanford GSB’dagi suhbatini tingladim. U DOJ’da — AQSh Adliya vazirligida ishlagan davrini eslab, yosh data scientistlarni davlat sektoriga jalb qilish unchalik qiyin bo‘lmaganini aytadi.
Yosh mutahassislarning ko‘pchiligini faqat maosh emas, qilayotgan ishining ma’nosi va jamiyatga ta’siri motivatsiya qilgan. Ular shunchaki ma’lumotlarni tahlil qilishni emas, balki muhim qarorlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etishni xohlashgan.
Menimcha, jamiyat boyib, odamlarning bazaviy ehtiyojlari tobora ko‘proq qondirilgani sari, faqat oylikka qarab ish tanlamaydigan, o‘ziga yaqin missiya va mazmun izlaydigan yoshlar kogortasi ham kattalashib boradi.
Bunday avlod uchun “qancha to‘lashadi?” dan ko’ra, men qanday o’zgarish qila olaman degan savol muhimroq bo’ladi.
http://youtu.be/lNsl76AD1kE
@paiziev24
Post #3292
1.33K
Forwarded from Paiziev24
YouTube “Economics & AI” Fireside Chat: Professor Susan Athey and Dean Jon Levin Susan Athey, The Economics of Technology Professor at the GSB, Professor of Economics (by courtesy) at Stanford School of Humanities and Sciences, and Senior Fellow at Stanford Institute for Economic Policy Research, sits down with Jonathan Levin, Philip…- ❤ 10