TGViewer
Channel Public Channel
Umar shares

Umar shares

@umar_shares

Dasturchi @UmarSadullayev’ning shaxsiy blogi. Buyerda istalgan mavzuda post joylanadi.
Subscribers
708
Photos
265
Videos
10
Links
71

Showing posts older than #718 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #717 6.47K
834, 601, 551, Karl?...

"Zahar yutish" degani shu bo'lsa kerak.

#wantedTozaHavo

@umar_shares
  • 💯 15
  • 😢 7
  • 😭 4
  • ❤ 1
Post #715 1.3K
Barchaga toza havo tilayman.
  • 😭 24
  • 😁 4
Post #708 4.81K
Haydovchilik guvohnomasi imtihonlariga tayyorgarlik

Muvaffaqiyatli imtihonlardan o'tganim sabab, uyda o'zim qanday tayyorlanganimni o'rgatmoqchiman.

O'zim 2-3 yil oldin o'qib qo'ygan edim. Hamma narsa esimdan chiqqan edi, haydash ham. Topshirish uchun kerakli hujjatlar: Pasport, 083 va o'qiganligingiz haqida guvohnoma.

Nimalar qildim?

1. "Yo'l harakati qoidalari" kitobini bir qator ko'z yugurtirib chiqdim. Yo'l belgilarini barchasini o'rgandim.

2. Amaliy darsga qatnadim. Tahminan 7-8 soat. Bir marta imtihon maydoniga ham bordik. (Bandanko'l degan joyda ekan). Har bir soati 250.000 so'm, sizda mashina bo'lsa balki tekinga ham tayyorlana olarsiz...

3. Endi nazariy testlar qolgan edi. Bir kun tayyorlov kursiga borib ko'rdim. Dabdala ekan. Savolga tayinli javob bermaydi. Tag'in 1.500.000 so'm ekan. O'zim tayyorlanaman dedim va eng to'g'risi shu bo'ldi.
Qanday tayyorlandim?
https://yolharakatiqoidalari.uz/ sayti orqali biletlarni yechishni boshladim. Sayt pullik, istasangiz dasturi ham bor. Bepul. Test yechish jarayonida savollar tonnalab paydo bo'ladi. Shu sabab quyidagi Youtube kanalda har bir testni yechib ko'rsatgan aka bor ekan. Bepulga. Shuni ochib ko'rdim tushunmagan testlarimga.
Pullik kurslardan ming marta yaxshi. Kanal linki: https://www.youtube.com/@BobonorovFarrux

Ha aytgancha, akani test markazida ko'rib qoldim, rahmatlarimni aytdim. Odamlar millionlar ishlayotganda, bepulga joylagani uchun. (Donat qilishni unutmang)

4. Imtihon kuni. Nazariy savollar 20 ta. Umuman shoshilmang. Savol tushunarsizmi? O'tkazib turing. Tushunganlaringizni yechib oling.

5. Amaliy imtihondan cho'chisangiz "Test drive" sotib oling. Man shunday qildim. Osonroq kechdi. Lekin usiz ham o'tsa bo'lar ekan bemalol. Shunchaki chiziqlarga ehtiyot bo'lib, to'g'ri yursangiz bo'ldi.

6. Hammasidan o'tsangiz, sertifikat berishadi. "Yagona darcha"ga borib, pravangizni olasiz. Soqol bilan mumkin emas ekan, mobodo.

Hammaga omad, postni tayyorlanayotganlarga jo'natib qo'ying.

#prava

@umar_shares
  • 👍 43
  • ❤ 10
  • ⚡ 8
  • 🔥 2
Post #707 1.7K
  • 👍 1
Post #704 1.72K
Haydovchilik imtihonidaman.

Nazariydan Xudoga shukur o’tdim. Amaliyni kutyapmiz.

Duo qilib turaslar…
  • ⚡ 34
  • 👏 15
  • 👍 6
  • ❤‍🔥 1
  • 🔥 1
Post #703 2.01K
Mana nega Toshkentda odam ko'p.

Eng yoqmaydigan joyi ham shunda, hamma narsa Toshkentda.

Rasm x.com platformasidan olindi.

#pizzastan

@umar_shares
  • 💯 15
  • 😁 4
  • 🎉 4
  • ❤ 2
Post #702 1.33K
Shu yerlarni turistik shaxar qilib yuborsa bo'ladi.

Nega shunday ishlar qilinmaydi hayronman.

Bu oygi oyligimga boshqa rejalarim bor edi, keyingi oyligimda qilsammikan o'zim?
  • 😁 13
  • 🔥 6
  • 🤣 3
Post #701 4.83K
Inflyatsiyaga eng bardoshli boylik bu — bilim.

#thoughts

@umar_shares
  • 🔥 16
  • ⚡ 3
  • 👍 3
Post #700 1.67K
Havosi tozaroq joyga ketgim kelyapti.

Deyarli har kuni oilam bilan ko'chaga aylanishga chiqamiz. Alam qiladigani, toza havoga chiqib, uni topolmay qaytamiz. Rostan alam qiladi.

Hozircha boshlang'ich rejalar tuzyapman. Avtomobil olsam (Xudo xohlasa), Tog'liroq va tozaroq hududga 2-3 oyga ketsammi deb, ijaraga uy topib. Nima deysizlar? Toshkent bu qish ham toza havosiz o'tsa kerak deb o'ylayman.

#tozaHova

@umar_shares
  • 💯 14
  • 👍 8
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #698 1.47K
Mana bu savol "norm".

#hazil
  • 🤣 40
  • ❤ 1
Post #696 1.47K
"Unutibman" ham deyolmaysizda bunday savollarga 😂

P.s: Pravaga tayyorgarlik avjida.

Zo'r kombinatsiya tuzib oldim tayyorlanish uchun, sizlarni maslahatlaringizni olgan holda. Yaxshi natijaga erishsam, ulashaman, inshaaAlloh


#prava

@umar_shares
  • 😁 6
  • 👍 4
  • 😱 2
  • 😭 1
Post #695 784
Bir tanishim telefon qilib qoldi. Qarz so'rab.

"Tinchlikmi?" desam, "Falonchi to'yana bergan edi to'yimda, shuni so'rayapti" — deydi 😂️️

Yooo tovbaaa.... To'yana olishga ham qo'rqadi odam. "Yaxshiyam to'yimda katta summa tushmagan to'yanadan" — deb yubordim 😂
  • 😁 19
  • ❤ 2
  • 🤣 2
Post #694 926
Tinchgina turgan mashinani ustiga kelib tushgan ekan. Bitta shu bordyor sabab u yo'ldagi avto bu yo'lga sakrab tushgan.

Nega bunaqa shaklda qilishadi? Qaysi normalarga mos? Bilmadim.
  • ⚡ 3
Post #693 898
Pravaga olging ham kelmaydi ba'zan 😿️️️️️️
  • 😁 3
Post #691 804
Umar shares Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy test savollari namuncha qiyin 😄️️️️️️😿️️️️️️ Yiqilishim uchun tuzilgandek tuyulyapti. Tayyorlanyapman. Biror maslahatlaringiz bormi? 🙂 Hozir imtihonga kirish 1mln bo'libdimi? Bitta nazariyni o'ziga. Yoki hududga…
Tavsiyalar uchun tashakkur. Borlaringizga shukur 😊
  • 🔥 7
  • 👍 4
  • ❤‍🔥 1
  • 🏆 1
Post #690 829
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy test savollari namuncha qiyin 😄️️️️️️😿️️️️️️
Yiqilishim uchun tuzilgandek tuyulyapti.

Tayyorlanyapman. Biror maslahatlaringiz bormi? 🙂

Hozir imtihonga kirish 1mln bo'libdimi? Bitta nazariyni o'ziga.
Yoki hududga qarab har xilmi?
  • ⚡ 4
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • 👍 1
Post #689 1.05K
  • 🏆 17
Post #688 925
Qurut
  • 😁 15
  • ❤ 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →