Haydovchilik guvohnomasi imtihonlariga tayyorgarlik
Muvaffaqiyatli imtihonlardan o'tganim sabab, uyda o'zim qanday tayyorlanganimni o'rgatmoqchiman.
O'zim 2-3 yil oldin o'qib qo'ygan edim. Hamma narsa esimdan chiqqan edi, haydash ham. Topshirish uchun kerakli hujjatlar: Pasport, 083 va o'qiganligingiz haqida guvohnoma.
Nimalar qildim?
1. "Yo'l harakati qoidalari" kitobini bir qator ko'z yugurtirib chiqdim. Yo'l belgilarini barchasini o'rgandim.
2. Amaliy darsga qatnadim. Tahminan 7-8 soat. Bir marta imtihon maydoniga ham bordik. (Bandanko'l degan joyda ekan). Har bir soati 250.000 so'm, sizda mashina bo'lsa balki tekinga ham tayyorlana olarsiz...
3. Endi nazariy testlar qolgan edi. Bir kun tayyorlov kursiga borib ko'rdim. Dabdala ekan. Savolga tayinli javob bermaydi. Tag'in 1.500.000 so'm ekan. O'zim tayyorlanaman dedim va eng to'g'risi shu bo'ldi.
Qanday tayyorlandim?
https://yolharakatiqoidalari.uz/ sayti orqali biletlarni yechishni boshladim. Sayt pullik, istasangiz dasturi ham bor. Bepul. Test yechish jarayonida savollar tonnalab paydo bo'ladi. Shu sabab quyidagi Youtube kanalda har bir testni yechib ko'rsatgan aka bor ekan. Bepulga. Shuni ochib ko'rdim tushunmagan testlarimga.
Pullik kurslardan ming marta yaxshi. Kanal linki: https://www.youtube.com/@BobonorovFarrux
Ha aytgancha, akani test markazida ko'rib qoldim, rahmatlarimni aytdim. Odamlar millionlar ishlayotganda, bepulga joylagani uchun. (Donat qilishni unutmang)
4. Imtihon kuni. Nazariy savollar 20 ta. Umuman shoshilmang. Savol tushunarsizmi? O'tkazib turing. Tushunganlaringizni yechib oling.
5. Amaliy imtihondan cho'chisangiz "Test drive" sotib oling. Man shunday qildim. Osonroq kechdi. Lekin usiz ham o'tsa bo'lar ekan bemalol. Shunchaki chiziqlarga ehtiyot bo'lib, to'g'ri yursangiz bo'ldi.
6. Hammasidan o'tsangiz, sertifikat berishadi. "Yagona darcha"ga borib, pravangizni olasiz. Soqol bilan mumkin emas ekan, mobodo.
Hammaga omad, postni tayyorlanayotganlarga jo'natib qo'ying.
#prava
@umar_shares
Post #708
4.81K
- 👍 43
- ❤ 10
- ⚡ 8
- 🔥 2