TGViewer
Umar shares Umar shares @umar_shares · 703 subscribers
Post #982 739

Forwarded from Foydali Moliya

2027-yildan "rassrochka" bo‘yicha muhim o‘zgarishlar boʻlishi kutilmoqda

2027-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekistonda muddatli to‘lov (nasiya savdo) xizmatlari yuzasidan yangi tartib-qoidalar kuchga kiradi. Endilikda ushbu soha Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.

Yangi tartibning asosiy o‘zgarishlari va uning xaridorlar uchun ahamiyati:

Markaziy bank nazorati: Uzum Nasiya, Alif Nasiya kabi muddatli to‘lov tashkilotlari maxsus reyestrga kiritiladi va Markaziy bank belgilagan talablarga bo‘ysunadi.

Muddat qisqaradi: Nasiya shartnomalari maksimal 1 yil (12 oy) muddatga tuziladi. Buyumlarni 18–24 oyga bo‘lib to‘lash tartibi bekor qilinadi (bank kreditlari buning ichiga kirmaydi).

Maksimal summa cheklovi: Muddatli to‘lovga olinadigan shartnoma qiymati 110 mln so‘mdan oshmasligi kerak.

To‘liq oshkoralik: Ustama foizi, operator komissiyasi va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar shartnomada alohida ko‘rsatiladi. Xaridor tovarning asl narxiga qancha qo‘shilganini aniq ko‘rib turadi.

Muddatidan oldin yopish: Qarzni istalgan vaqtda qisman yoki to‘liq yopish imkoniyati beriladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha komissiya, jarima yoki penya undirilmaydi.

Ko‘chmas mulk taqiqi: Uylarni nasiya xizmati orqali sotib olish taqiqlanadi. Ko‘chmas mulk muddatli to‘lov obyekti bo‘la olmaydi (bank ipoteka kreditlari bundan mustasno).

✅ Ushbu o‘zgarishlar nasiya bozorida shaffoflikni oshirish va fuqarolarni ortiqcha moliyaviy yuklamalardan himoya qilishga qaratilgan.

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
  • 😁 1
More from @umar_shares
  1. Sep 23, 2026Foydali ma'lumot
  2. Sep 20, 2026“365 kun”dan o’g’limga pechenye olgandim. Qo’rqinchli-ku bu 😅
  3. Sep 20, 2026Umar shares - ❌ Umar sales - ✅
  4. Sep 20, 2026Sotildi, kanalimizda ✅
  5. Sep 19, 2026Shu ploshadkani sotyapmiz. Sababi yangi uyimizda bunga joy bo’lmaydi. Narxi 1.5mln. Yarim…
  6. Sep 17, 2026Yaqin yillar ichida O'zbekistondagi uylar narxlari to'liq so'mda gaplashiladi deb o'ylayma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →