TGViewer
Umar shares Umar shares @umar_shares · 701 subscribers
Post #947 747

Forwarded from Xushnudbek.uz

❌ Telefon raqamga SMS orqali ruxsatsiz reklama yuborish taqiqlandi

Prezident qarori bilan, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:

🔹 mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yo‘li bilan tovar (ish, xizmat)larni taklif (reklama) qiluvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxslar faqat shaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan so‘ng ushbu harakatlarni (reklamani) amalga oshiradi;

🔹 reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18:00 dan 09:00 gacha tarqatish taqiqlanadi;

🔹 mobil aloqa operatorlariga o‘zlari tomonidan tarqatiladigan reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini abonent so‘roviga ko‘ra to‘liq yoki qisman bloklash majburiyati yuklatiladi;

🔹 mazkur belgilangan talablarga rioya etmaslik reklama hamda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hisoblanadi va tegishli choralar ko‘rish uchun asos bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
  • 🎉 10
More from @umar_shares
  1. Sep 26, 2026Bog'chalarda oxirgi yillar davomida bo'layotgan holatlar yana ham qattiqroq ta'sir qilishn…
  2. Sep 26, 2026Umar S. sizga So‘ztop yashirdi! 5 ta harfli so‘zni 6 ta urinishda toping. 🟩🟩🟩🟩🟩 tilmo…
  3. Sep 23, 2026Foydali ma'lumot
  4. Sep 20, 2026“365 kun”dan o’g’limga pechenye olgandim. Qo’rqinchli-ku bu 😅
  5. Sep 20, 2026Umar shares - ❌ Umar sales - ✅
  6. Sep 20, 2026Sotildi, kanalimizda ✅
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →