Bundan 8 yil oldin, men 40 yoshda moliyaviy erkinlikka erishaman deb reja qilgan edim.
Shunga harakat qildim va Allohga shukurlar bo'lsin erisha oldim. Hozir 39 daman.
Moliyaviy erkinlik nima o'zi?
Bu topilgan kapitalni to'g'ri investitsiya qilish hisobiga pul uchun ishlashga ehtiyoj bo'lmasligi.
Ana shu yo'lda olingan bilimlar haqida kichik guruhdagi do'stlarimiz bilan bo'lishganimizda bu bilimlarga ehtiyoj yuqori ekanligi aniq bo'ldi.
Shuning uchun qisqaroq formatda, 10-12 ta epizoddan iborat bo'lgan, videolar to'plami qilishga qaror qildik.
Unda moliyaviy erkinlik borasidagi muhim tushunchalar haqida gaplashamiz.
Hozirdan aytishim mumkin. Videolar tez pul topish yo'llari haqida emas, balki umumiy tuhsunchalar, ko'nikmalar va strategiya haqida.
Kecha shu videolarni birinchi sonini youtube sahifaga joyladik.
Mana bu yerda ko'rish mumkin
https://www.youtube.com/watch?v=6TrIfk0YNtE&t=3319s
Balki foydasi tegar
Bek Olimjon
11.08.26
Norvegiya
PS. Videoda fikr, maslahat va savol berishni unutmang.
Post #1011
1K
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
YouTube Moliyaviy Erkinlik: Puldor va Boy farqi | Moliyaviy erkinlik darslari Ushbu videoda men va Avazbek pul, boylik, ish, hayot tarzi va shaxsiy rivojlanish haqida ochiq fikr almashdik. Suhbat davomida pulni to‘g‘ri tushunish, moliyaviy qarorlarning hayotimizga ta’siri, zamonaviy ish muhitidagi qiyinchiliklar, vaqtni samarali boshqarish…- ⚡ 10
- ❤ 2