TGViewer
Channel Public Channel
Ufq

Ufq

@ufq_podcast

Mavzusiz suhbat.
Dildan gaplashamiz.
Asoschi: @qamarbooks
Subscribers
58
Photos
1
Videos
16
Links
17
Recent Posts 19 shown
Post #23 19
Inson o‘zini, millatini va e’tiqodini qanday anglaydi? Biz ko‘nikib qolgan ayrim tushunchalar asl mohiyatidan qanchalik uzoqlashgan?

Mahmud Usmon domla bilan suhbatda milliylik, tarbiya va insonning o‘ziga qo‘yadigan mezonlari haqida mulohazaga chorlaydigan fikrlar yangradi. Tizer — suhbatning kichik bir qismi xolos.

Mahmud Usmon domla bilan “Ufq” podcastining yangi soni — tez kunda.
Post #22 30
Urush faqat qurol bilan bo‘ladimi? Bugun axborot, targ‘ibot va insonlarning ishonchini qozonish ham katta kuchga aylangan. Ba’zan bir odamning qarori ortida ham biz ko‘rmaydigan ta’sirlar bo‘lishi mumkin.

Bu mavzuning boshqa jihatlari va qiziq fikrlar — to‘liq suhbatda.

▶️ To‘liq videoni “UFQ_PODCAST” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
Post #21 1.56K
Millionlab pul tikilgan loyihalar nega ba’zan kutilgan natijani bermaydi? Muammo g‘oyadami, auditoriyadami yoki shunchaki katta mablag‘ning o‘zi muvaffaqiyat uchun yetarli emasmi?

Bu lavhada kontent, katta shoular va tomoshabinning aslida nimani ko‘rishni istashi haqida qiziq fikrlar yangraydi.

▶️ Suhbatning davomini “UFQ_PODCAST” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
Post #20 45
Ba’zan biror narsani aytishdan oldin “to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi?” deb o‘ylab qolamiz. Ayniqsa, qonunchilik, daxlsizlik va jamiyatdagi ayrim masalalar haqida gap ketganda savollar yanada ko‘payadi.

Bu lavhada ham aynan shunday nozik mavzu atrofida qiziq fikrlar o‘rtaga tashlandi. Suhbatning davomi esa bundan ham qiziq.

▶️ To‘liq suhbatni “UFQ_PODCAST” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
Post #19 1.92K
Ba’zi kitoblar juda tez o‘qiladi. Bir qarasang, bir necha soat ichida so‘nggi sahifaga yetib kelgansan. Ammo kitob tugagani bilan uning ta’siri tugamaydi

Ayrim asarlar voqealari, qahramonlari va o‘yga toldirgan jumlalari bilan insonni hali uzoq vaqt tark etmaydi. Go‘yo kitobni yopgansiz-u, lekin hali ham uning ichida yashayotgandek bo‘lasiz. 📚

Siz eng tez tugatgan kitob qaysi? Va u sizda qanday taassurot qoldirgan?

▶️ To‘liq suhbatni YouTube sahifamizda tomosha qiling!
  • ❤ 1
Post #18 564
📚 Ba’zi kitoblarni shunchaki o‘qimaysiz — ularni ichingizdan o‘tkazasiz

“Saodat asri qissalari”ni o‘qish jarayonida Rasululloh ﷺ vafotlari tasvirlangan joyga yaqinlashishning o‘zi bir qo‘rquv bo‘lgan. Sahifalar oldinga siljigani sayin, o‘sha joyga yetib borishni istamaslik, to‘xtab qolish, ko‘zga yosh kelishi…

Suhbat davomida kitob insonni qay darajada ta’sirlantirishi, o‘qib yig‘lagan paytlar va ayrim sahifalarning qalbda qoldiradigan izi haqida juda samimiy fikrlar aytildi

Sizda ham shunday — o‘qib, uzoq vaqt ta’siridan chiqolmagan kitob bo‘lganmi?

▶️ To‘liq videoni “UFQ_PODCAST” YouTube sahifamizda tomosha qiling!
  • ❤ 1
Post #17 78
🎙 Ba’zan hayotdagi eng muhim xulosalar oddiy suhbatlardan tug‘iladi

Tajriba, sabr va insonni o‘ylantiradigan qarashlar haqida samimiy suhbatdan lavha.

Ko‘pchilikni o‘ylantiradigan savollar va qiziqarli fikrlar — “Ufq” podcastda.

▶️ To‘liq suhbatni YouTube sahifamizda tomosha qiling!
Post #14 5.02K
Migrant bo‘lish osonmi? Urush xavfi va huquqiy savodxonlik

Ba’zi savollar javobsiz qoladi, ba’zi mavzular esa chuqur yondashuvni talab qiladi.

Bu sonimizda Vatandosh loyihasi rahbari Botirjon Shermuhammad bilan migrantlar hayotidagi dolzarb masalalar, hayotiy tajribalar va jamiyatimizdagi muhim mavzular haqida suhbatlashdik.

Umid qilamizki, ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz.

▶️ To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling!
Post #13 108
Bugungi pedagog uchun faqat slayd yoki bitta manba bilan cheklanib qolish yetarli emas. O‘quvchiga mavzuni chuqurroq anglash uchun muqobil manbalar ko‘rsatish, darsni qiziqarli tashkil qilish va doimiy izlanishda bo‘lish muhim.

Zamonaviy o‘qituvchi — shunchaki ma’lumot beruvchi emas, balki o‘quvchini mustaqil fikrlashga va yangi bilimlarni izlashga yo‘naltiradigan inson.

📱 To‘liq videoni YouTube sahifamizda tomosha qiling!
Post #10 17K
🎙 Hayot, tajriba va insoniy qadriyatlar haqida ochiq suhbat

Mehmonimiz — Saidolimxon Turdiboyev bilan samimiy suhbatdan kichik lavha.

Ba’zan insonning yo‘li, tanlovlari va boshidan o‘tgan voqealari uning eng katta ustoziga aylanadi. Ushbu suhbatda hayot saboqlari, qarashlar va muhim fikrlar haqida so‘z yuritildi.

▶️ To‘liq suhbatni YouTube sahifamizda tomosha qiling!
  • 👍 3
Post #8 134
Bizning Instagram va YouTube sahifalarimiz!
Post #7 157
🎙 “Ufq” podcast | Yangi suhbat

Ba’zi mavzular haqida gapirish oson emas. Ammo aynan shu suhbatlar jamiyatni o‘ylashga, savol berishga va haqiqatga boshqacha qarashga undaydi.

Bu sonimizda dolzarb masalalar, hayotiy tajribalar va ko‘pchilik o‘ylaydigan, ammo doim ham gapirilmaydigan mavzular haqida suhbatlashdik. Mehmonimiz Migrant.uz loyihasi rahbari Botirjon Shermuhammad.

Yangi fikrlar, yangi qarashlar va samimiy suhbatlar — “Ufq” podcastda.

▶️ Tez kunda YouTube sahifamizda to‘liq suhbatni tomosha qiling!
  • 👍 2
Post #4 18.1K
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🅰️ 2️⃣0️⃣➖0️⃣0️⃣

🎙 “Ufq” podkastining ilk sonini tomosha qiling!

Birinchi sonimiz mehmoni jurnalist Saidolimxon Turdiboyev bo‘ldi.

Boshlovchilar Muhammad Temur A’zam va Sanjar Shams bilan bo‘lgan suhbatda futbol, jamiyatdagi muammolar, ustozga ehtirom, ilm va ma’rifatni targ‘ib qilish kabi muhim mavzular haqida fikr almashildi.

20:00 dan boshlab tomosha qiling 😊

🎥 To‘liq suhbatni YouTube sahifamizda tomosha qiling.

@ufq_podcast
  • ❤ 3
Post #3 283
“Ufq” podkastining ilk sonining tizerini qarshi oling!

Podkastning birinchi sonida boshlovchilar Muhammad Temur A’zam va Sanjar Shams mehmon Saidolimxon Turdiboyev bilan futbol, jamiyatdagi muammolar, ustozga ehtirom hamda ilmni targ‘ib qilish masalalari haqida suhbatlashdi.

Ilk suhbatimizni tez kunda You Tube sahifamizda tomosha qiling!

▶️ You Tube
  • 👍 2
Post #1
Channel created

About this channel

How can I read @ufq_podcast without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ufq: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ufq have?
Ufq (@ufq_podcast) has 58 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ufq know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →