🗺 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan poytaxtimizning Chilonzor tumani Lutfiy ko‘chasida maxsus reyd tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida velosiped harakati uchun ajratilgan maxsus yo‘laklarda transport vositalarini to‘xtatish va to‘xtab turish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.
❗️ Shu bilan birgalikda haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishlarini, velosipedchilar harakati uchun ajratilgan yo‘laklarni to‘sib qo‘ymasliklarini hamda boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini hurmat qilishlarini so‘raymiz.
👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Post #40246
946




- ❤ 1