Joriy yilning 12-oktyabr kuni soat 23:10 larda Yunusobod tumani A.Donish ko‘chasidan o’tuvchi ko’prik ustida harakatlanib kelayotgan Toyota rusumli avtotransport vositasini boshqarib ketayotgan 2007-yilda tug‘ilgan M.J ismli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib oraliq masofani saqlay olmasdan o’zi bilan bir yo’nalishda harakatlanib kelayotgan 1980-yilda tug’ilgan N.A boshqaruvidagi Treker 2 rusumli avtotransport vositasi bilan to’qnashib YTH sodir etgan.
🚨YTH natijasida jarohat olganlar yo’q.
🌫 Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
❗️ Hurmatli haydovchilar, harakat vaqtida yo’l harakati qoidalariga qatiy amal qilishingizni va oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishingizni so‘raymiz.
🚔Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati.
