Post #29934
350

AQShda boshlang‘ich maktabda otishma yuz berdi — uch bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi. AQShning Oregon shtatidagi Bend shahrida boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida kamida uch bola va bir o‘qituvchi halok bo‘ldi. Yana bir o‘qituvchi hamda yetti yoshli bola shifoxonaga yotqizilgan. Nashrlarning mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, hodisa 15 oktabr kuni yuz bergan. Halok bo‘lgan bolalar besh, sakkiz va o‘n bir yoshda bo‘lgan. Jabrlanganlarning aniq soni hozircha ma’lum emas.CNN ma’lumotiga ko‘ra, maktabda 16 yoshli o‘smir o‘q uzgan. Uning ismi va hujum sabablari hozircha ochiqlanmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum vaqtida maktabda qariyb 400 nafar bola va 40 nafar xodim bo‘lgan.Telekanal mahalliy politsiyaga tayanib, hujumchi huquq-tartibot organlari xodimlari yetib kelguniga qadar o‘ldirilganini xabar qildi. Qurollangan o‘smirning maktabga bostirib kirganini ko‘rgan mahalliy aholi vakili uni to‘xtatgani aytilmoqda.