Shimoliy Koreya qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy Koreya suvosti harbiy tizimlarining tayyorgarligini tekshirish va Harbiy-dengiz kuchlari imkoniyatlarini oshirish maqsadida suvosti kemalaridan uchiriladigan qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.Bu qurollar “strategik” deb ataldi. Bu esa ushbu raketalarga yadroviy kallaklarni o‘rnatish rejalashtirilganiga ishora qiladi. Biroq raketalar haqiqiy suvosti kemasidan uchirilgani yoki suvosti sinov platformasidan otilgani xususida aniqlik kiritilmadi.Shimoliy Koreya zamonaviy raketa tashuvchi suvosti kemalarini yaratish, shuningdek, ballistik va qanotli raketalarni rivojlantirish ishlarini faol davom ettirmoqda. Pxenyan so‘nggi haftalarda AQSH va Janubiy Koreyaga qarshi harbiy tiyib turish salohiyatini oshirish uchun turli qurollarni sinovdan o‘tkazdi. Shunga qaramay, Pxenyanda to‘liq shay holatdagi zamonaviy raketa suvosti kemasi hali mavjud emas deb hisoblanadi.
Post #29933
267
