TGViewer
SURXONDARYO TELERADIOKANALI SURXONDARYO TELERADIOKANALI @tvsurxon · 6.02K subscribers
Post #29924 392
Keyn «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Bavariya» klubi hujumchi Harri Keyn bilan shartnomani 2029 yilning yoziga qadar uzaytirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini yakunlamoqda. Qayd etilishicha, Keyn va uning oilasi Myunxendagi hayotdan mamnun. Angliyalik futbolchi 2023 yilda «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tgan. Bu vaqt davomida u klub safida barcha turnirlar doirasida 156 ta uchrashuvda 154 ta gol urgan. Xususan, u 2025/26 yilgi mavsumda Bundesligada 31 ta o‘yinda 36 ta, Chempionlar ligasida esa 13 ta uchrashuvda 14 ta gol muallifi bo‘lgan. Keyn «Bavariya»dagi faoliyati davomida ikki marta Germaniya chempioni bo‘ldi, shuningdek, Germaniya kubogi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, u ikki marta «Oltin butsa» sovriniga sazovor bo‘ldi va ketma-ket uch mavsum Bundesliganing eng yaxshi to‘purari­ga aylandi.
More from @tvsurxon
  1. Oct 16, 2026#Teledastur Surxondaryo MTRK — ertangi koʻrsatuvlar dasturi 📆 Shanba │ 17-Oktyabr 📲 @tvs…
  2. Oct 16, 2026Saloh yevrokuboklarda tarixiy natijaga erishdi Ushbu uchrashuvda «Trabzonspor» safida misr…
  3. Oct 16, 2026160 mlrd dollarlik yo‘qotish. Nega ultra boylar Buyuk Britaniyani ommaviy ravishda tark et…
  4. Oct 16, 2026ANONS Bugun, 16 oktabr soat 19:00 dan boshlab, to‘g‘ridan to‘g‘ri, jonli tarzda efirga uza…
  5. Oct 16, 2026Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizn…
  6. Oct 16, 2026AQShda boshlang‘ich maktabda otishma yuz berdi — uch bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi. AQSh…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →