TGViewer
SURXONDARYO TELERADIOKANALI SURXONDARYO TELERADIOKANALI @tvsurxon · 6.02K subscribers
Post #29899 179
Seyshel orollarida gigant toshbaqalar odamlardan ham ko‘p ekani aniqlandi

Seyshel orollaridagi Aldabra marjonlardan hosil bo‘lgan halqasimon orolda qariyb 180 mingta gigant toshbaqa yashashi aniqlandi. XIX asrda deyarli qirib yuborilgan bu jonivorlarning soni hozir Seyshel orollari aholisidan ham ko‘p. Seyshel orollari jamg‘armasi va Buyuk Britaniyaning Ekseter universiteti olimlari 2018–2022 yillarda to‘plangan kuzatuv ma’lumotlarini o‘rganib, shunday xulosaga kelgan, deb yozadi The Guardian nashri. Tadqiqot natijalari 2026-yil sentabrida Ecology and Evolution ilmiy jurnalida e’lon qilingan.Seyshel orollarida 97 617 kishi yashaydi. Gigant toshbaqalarni esa maydoni 155 kvadrat kilometr bo‘lgan Aldabra atollida uchratish mumkin. Bu yerda ilmiy tadqiqot stansiyasi xodimlarini hisobga olmaganda, doimiy aholi yashamaydi. Aldabra gigant toshbaqalari dunyodagi eng yirik quruqlik toshbaqalaridan biridir. Ularning vazni o‘rtacha 150–250 kilogrammga yetadi.
More from @tvsurxon
  1. Oct 15, 2026✍️ "ISYONKOR POETIKA DAHOSI" — MIXAIL LERMONTOV Bugun, 15-oktyabr kuni jahon adabiyotida c…
  2. Oct 15, 2026👑 ASSISTLAR QIROLI — MESUT O‘ZIL 🧙‍♂️ Bugun futbol olamidagi eng noyob iqtidor egalarida…
  3. Oct 15, 2026O‘zbekiston milliy jamoasi noyabrda Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin O…
  4. Oct 15, 2026«Arsenal» 60 nafar xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda «Arsenal» klubi turli bo‘…
  5. Oct 15, 202614 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Ijti…
  6. Oct 15, 2026XALQ BILAN MULOQOT Ko'rsatuvning ushbu sonida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalig…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →