FBI XAKERLAR GURUHI BILAN ALOQADORLIKDA GUMONLANAYOTGAN SHAXSNI HIBSGA OLDI
Reuters xabariga ko‘ra, kanadalik kiberxavfsizlik mutaxassisi Edvard Dubrovsky AQShda tovlamachilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha hibsga olingan.
U nimada gumonlanmoqda?
Sud hujjatlariga ko‘ra, Dubrovsky axborot maxfiyligiga putur yetkazish bilan tahdid qilib, pul undirish maqsadida til biriktirish hamda tijorat faoliyatiga noqonuniy aralashish bilan bog‘liq ayblovlarga duch kelmoqda.
Hodisa ShinyHunters xakerlar guruhiga qarshi kurash fonida yuz berdi.
FBI ushbu guruhga qarshi xalqaro miqyosda amaliyot olib bormoqda. Guruh avvalroq byuro xodimlariga tegishli ma’lumotlarni o‘g‘irlaganini da’vo qilgan.
Dubrovsky o‘zining LinkedIn profilida kiberjinoyatchilar bilan to‘lovlar yuzasidan muzokaralar olib borishga ixtisoslashgan mutaxassis sifatida tanishtirilgan.
Post #29871
204

- ❤ 1