TGViewer
SURXONDARYO TELERADIOKANALI SURXONDARYO TELERADIOKANALI @tvsurxon · 6.02K subscribers
Post #29856 444
Fyuri-Joshua jangi chiptalari 40 daqiqa ichida sotib bo‘lindi

Boks bo‘yicha og‘ir vazndagi sobiq jahon chempionlari — britaniyalik Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jangga chiptalar 40 daqiqa ichida to‘liq sotib bo‘lindi. Bu haqda Source of Boxing nashri xabar berdi.Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Fyuri — Joshua jangiga chipta sotib olish uchun 500 mingdan ortiq muxlis onlayn navbatga turgan. Chiptalar narxi 120 dollardan 17 ming dollargacha bo‘lgan. Avvalroq Saudiya Arabistoni ko‘ngilochar tadbirlar boshqarmasi rahbari Turki Al ash Shayx ham jang chiptalarining sotilishi haqida ma’lumot bergandi.
«Biz bu jang juda katta voqea bo‘lishini bilardik. Ayni paytda chipta olish uchun 700 ming kishi navbatda turibdi. Ticketmaster platformasida 500 mingdan ortiq, stadionning rasmiy saytida esa 170 mingdan ortiq kishi navbat kutmoqda», — deb yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang 11-dekabr kuni Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi.
More from @tvsurxon
  1. Oct 14, 2026FBI XAKERLAR GURUHI BILAN ALOQADORLIKDA GUMONLANAYOTGAN SHAXSNI HIBSGA OLDI Reuters xabari…
  2. Oct 14, 2026#Teledastur Surxondaryo MTRK — ertangi koʻrsatuvlar dasturi 📆 Payshanba │ 15-Oktyabr 📲 @…
  3. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  4. Oct 14, 2026MAXSUS REPORTAJ Oltinsoy tumanida "O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlari" festivali bo…
  5. Oct 14, 2026#HUQUQIY_AXBOROT #Bilasizmi Tarif o‘zgarganda elektr uchun avans to‘laganlar qo‘shimcha to…
  6. Oct 14, 2026Yirik miqdordagi giyohvandlik moddasi savdosining oldi olindi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →