Yamal Mbappening Chempionlar Ligasidagi rekordini yangilashi mumkin
«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal Chempionlar Ligasida Kilian Mbappega tegishli rekordni takrorlashga yaqin turibdi.Fransiyalik futbolchi 20 yoshga to‘lguniga qadar ushbu musobaqada 13 ta gol urib rekord o‘rnatgan edi. Endi esa Yamal ushbu natijani yangilash imkoniyatiga ega. Ispaniyalik futbolchi bu mavsumdagi ilk uchrashuvda «Feyenoord» darvozasini ishg‘ol qilib, Chempionlar Ligasidagi gollari sonini 12 taga yetkazdi. Shuningdek, u 34 ta o‘yinda 11 ta assist amalga oshirgan.
