Daniya o‘qituvchilariga sinfda jismoniy kuch ishlatishga ruxsat berildi.
Daniyada maktablarda zo‘ravonlik ko‘paygani sababli o‘qituvchilarga darsda jismoniy kuch ishlatishga ruxsat berilmoqda. Hukumat taklif etgan yangi islohotga ko‘ra, 2027-yil avgustidan e’tiboran o‘qituvchilar darsni buzayotgan o‘quvchilarni majburan sinfdan chiqarib yuborishi mumkin bo‘ladi. Bu “o‘quvchini ushlab turish, bir joyda tutish yoki uning xohishiga qarshi boshqa xonaga olib o‘tish”ni anglatadi. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, o‘qituvchilar faqat o‘quvchi o‘ziga, boshqalarga yoki maktab mol-mulkiga xavf tug‘dirgan holatdagina kuch ishlatishi mumkin. Ta’lim vazirligi tomonidan tayyorlangan bu qonun loyihasi o‘qituvchilar kasaba uyushmasining murojaatlaridan so‘ng ishlab chiqildi. Tashkilot uzoq vaqtdan beri tartibsiz o‘quvchilarni boshqarish qiyinlashib borayotganini ta’kidlab kelayotgan edi.
