RASMIY MUNOSABAT
“Facebook” ijtimoiy tarmog‘iga “Effect.uz” nomli foydalanuvchi tomonidan joylangan “Kadastr: Xalq uchun ishlaydimi yoki “Tanishlar” uchun?” sarlavxali videodagi holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
2024-yil 23-aprel kuni Toshkent tumani “Oltintepa” MFY hududida fuqaro B.M tomonidan 286,0 kv.m yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, mazkur hududda qurilish ishlari amalga oshirilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan fuqaroga noqonuniy qurilmani buzish va yer maydonini ixtiyoriy qaytarish haqida ogohlantirish berilgan. Biroq, B.Muxitov dalolatnomani imzolashdan hamda ogohlantirish xatini olishdan bosh tortgan va ish hujjatlari fuqaroga pochta orqali yuborilgan.
Shundan so‘ng MJtKning 60-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 51 mln. so‘m jarima tayinlangan.
Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi da’vosi asosida FIB Zangiota tumanlararo sudining 2024-yil 21-oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan noqonuniy qurilmani bartaraf etish va yer maydonini qaytarish talabi to‘liq qanoatlantirilgan.
Fuqaroning ma’muriy jarima yuzasidan shikoyatlari natijasida jarima miqdori sud tomonidan 1,7 mln so‘m etib belgilangan va Oliy sudning taftish instansiyasi mazkur qarorni o‘zgarishsiz qoldirgan.
Sud hujjatlarida esa Kadastr organlari tomonidan protsessual tartiblarga rioya etilgani hamda huquqbuzarlik to‘g‘ri malakalangani qayd etilgan.
Ayni paytda noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmagan bo‘lib, sud hujjatini ijro etish bo‘yicha Majburiy ijro byurosi davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
#rasmiy_munosabat #Toshkent_tumani
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Post #15829
976
