TGViewer
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati @tvkad · 5.45K subscribers
Post #15753 995
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod shahrining “Farg‘ona” mahallasida joylashgan garajlarning huquqiy maqomi hamda ularni buzish masalasiga oid videomurojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Bekobod shahar bo‘limi tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mazkur hududda jami 144 ta garaj mavjudligi aniqlandi. Ularning qariyb 20 foizi temir konstruksiyalardan iborat bo‘lib, ayrim obyektlarning tegishli ruxsat hujjatlarisiz o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Qolgan garajlarga nisbatan esa ularning tashkil etilishi va yer uchastkasidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar aniqlanmadi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Kadastr agentligining Bekobod shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi ikkinchi qismi talablari asosida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolarga yozma ogohlantirishlar berildi.

Fuqarolarga mavjud holatlarni 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish zarurligi, belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda esa qonunchilikda nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish hamda tegishli tartibda sudga murojaat qilish choralari ko‘rilishi tushuntirildi.

Shu bilan birga, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs yer uchastkasini qaytarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘RQ–937-son Qonunning 1-moddasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish uchun asos bo‘ladigan sakkizta holat belgilangan. Mazkur normalarda alohida garaj qurish yoki temir konstruksiyali garaj o‘rnatish huquqlarni e’tirof etish uchun mustaqil asos sifatida nazarda tutilmagan.

Shu sababli qonunda belgilangan holatlarning birortasiga mos kelmaydigan garajlarga nisbatan mazkur huquqlarni e’tirof etish tartibi tatbiq etilmaydi. Garajdan uzoq yillar davomida foydalanib kelinayotganining o‘zi esa uni mazkur Qonun asosida rasmiylashtirish uchun yetarli huquqiy asos hisoblanmaydi.

Shu munosabat bilan fuqarolardan garajlar va ular joylashgan yer uchastkalariga oid hokimlik qarorlari, arxiv ma’lumotlari, ajratish hujjatlari hamda boshqa huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, ularni Kadastr agentligining Bekobod shahar bo‘limiga taqdim etish so‘raladi.

Taqdim etilgan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilib, mavjud huquqiy asoslardan kelib chiqib tegishli tushuntirish va amaliy ko‘mak beriladi.

#rasmiy_munosabat #Bekobod_shahar
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
  • ❤ 3
More from @tvkad
  1. Sep 27, 2026Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik Kanalga ulanish: https://t.me…
  2. Sep 25, 2026“KADASTR YIL AYOLI” KO‘RIK-TANLOVI Kadastr agentligida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib…
  3. Sep 25, 2026📍 Toshkent tumanida o‘rganish ishlari olib borildi Boshqarma ishchi guruhi tomonidan Tosh…
  4. Sep 25, 2026Bo‘ka tumani aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganildi Kadastr agentligi Toshkent vi…
  5. Sep 24, 2026📣Piskent tumani aholisi diqqatiga! Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chi…
  6. Sep 24, 2026Tezkor munosabat Ijtimoiy tarmoq orqali “Bekoboddagi oʻzboshimchalik: 40 yillik mulkka kim…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →