#hamkorlik
Xitoyliklar Ko’p tarmoqli tibbiyot markazini qurish taklifini bildirmoqda
Viloyatda zamonaviy Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini barpo etish va loyihaga xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Aytish mumkinki, ayni paytda markaz loyihasi “POWER BUILD CONSTRUCTION” MCHJ tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Bugungi Xitoyning “One Belt One Road Cooperation” kompaniyasi raisi Chi Lu bilan uchrashuv ham shu haqida bo‘ldi. Avvalo mehmonlarga “Nurafshon Business City” hududida barpo etilishi rejalashtirilgan tibbiyot markazi loyihasi tanishtirildi.
Uchrashuvda xitoylik investorlar markaz qurilishida ishtirok etish va loyihaga investisiya kiritish takliflarini bildirishdi.
Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To’rakul Arzikulov takliflarni atroflicha o‘rganish, loyihaning tashkiliy, texnik va iqtisodiy jihatlarini puxta ishlab chiqishga e’tiborni qaratdi.
Yakunida tomonlar kelgusida ana shu rejalar asosida hamkorlik qilish masalalarini kelishib oldilar.
Post #23480
1.58K





- 👍 1