“Turonbank” ATBning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
🔵Telegram-bot: @turon_bank_bot
🔵Facebook: http://bit.ly/2ornvb7
🔵Instagram: http://bit.ly/2mVDLAQ
🔵Sayt: https://turonbank.uz
☎️Call-markaz: (+998 95) 144-60-00
☎️Qisqa raqam: 1220
Post #5118
1.37K

⁉️Moliyaviy firibgarliklardan ogoh bo‘ling!
Bugungi kunda firibgarlar tobora yangi va murakkab usullardan foydalanmoqda. Ularning asosiy maqsadi — fuqarolarning ishonchidan foydalanib, pul mablag‘lari va shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish.
⚠️ Eng ko‘p uchrayotgan firibgarlik turlari:
📱 APK fayllar orqali firibgarlik
Telegram yoki boshqa messenjerlarda yuborilgan noma’lum .apk fayllarni yuklab olmang! Hozirgi kunda iOS va iPadOS uchun .ipa fayllar ham keng tarqalmoqda. Bunday faylni ochishingiz bilan telefoningiz va Telegram akkauntingiz ustidan nazoratni firibgarlarga berib qo‘yishingiz mumkin.
📧 Fishing (soxta elektron xatlar)
Bank yoki boshqa tashkilot nomidan yuborilgan shubhali elektron xatlardagi havola va fayllarni ochmang. Ular orqali login, parol va boshqa maxfiy ma’lumotlaringiz o‘g‘irlanishi mumkin.
🗣 Ijtimoiy muhandislik
Firibgarlar o‘zlarini bank, Markaziy bank yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida tanishtirib, sizni shoshiltirish yoki qo‘rqitish orqali pul o‘tkazishga undashi mumkin.
🤖 Sun’iy intellekt (AI) yordamidagi firibgarlik
Deepfake ovoz va videolar, ishonchli ko‘rinadigan AI yordamida yozilgan xabarlar orqali sizni aldashga urinishlar tobora ko‘paymoqda.
❗️Eslab qoling:
🔹 Hech qachon noma’lum APK fayllarni o‘rnatmang.
🔹 Shubhali havolalarni ochmang.
🔹 Bank karta rekvizitlari, SMS-kodlar va parollarni hech kimga bermang.
🔹 Shoshilinch pul o‘tkazish haqidagi talablarni har doim mustaqil tekshiring.
🔹 Har qanday shubhali holatda bankingizning rasmiy aloqa markaziga murojaat qiling.
🛡 Ogohlik — mablag‘laringiz xavfsizligining eng muhim kafolatidir!
📨 Telegram 👨 Facebook
🖼 Instagram 👍 YouTube

- ❤ 4