TGViewer
Turan Security Turan Security @turansecurity · 2.6K subscribers
Post #659 4.05K
Xabaringiz bor, Turan Security kiberxavfsizlik tashkiloti rasmiy CNA sifatidagi faoliyatini 2026-yil mart oyida boshlagan.

Ushbu davr mobaynida biz kiberxavfsizlik tadqiqotchilari va dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilib, CVE dasturi talablari asosida mas'uliyatli zaifliklarni oshkor etish (Responsible Vulnerability Disclosure) jarayonini qo‘llab-quvvatladik hamda 204 ta CVE (Common Vulnerabilities and Exposures)ni muvaffaqiyatli e'lon qildik.

Avgust oyida katta sakrash kuzatildi. Oyning dastlabki 13 kunida TuranSec CNA tomonidan 172 ta CVE e'lon qilingan. Bu ko'rsatkich jahondagi IBM, Red Hat, Microsoft kabi 534 ta CNA tashkilotlari orasida TOP-10 ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi - havola

Tushunishingiz uchun bundan 2 yil oldin ham CVE bo'yicha tadqiqotchilar bir nechtani tashkil etardi. Oxirgi 6 oy ichida 50 dan ortiq mahalliy kiberxavfsizlik tadqiqotchilari dunyoning TOP kompaniyalari mahsulotlaridan yangi turdagi zaifliklarni aniqlab 204 ta CVE e'lon qilinishi katta natija hisoblanadi. Buni sohada ishlab yurganlar yaxshi bilishadi, AI rivojlanishi Kiberxavfsizlik sohasida tadqiqot yo'nalishini yanada osonlashtirdi.

Biz bilan hamkorlik qilayotgan barcha tadqiqotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Izlanishdan va o‘sishdan to‘xtamang!

Biz faoliyatimizni rivojlantirish va xizmatlarimizni yanada takomillashtirishda davom etamiz. Yaqin bir necha yil ichida O‘zbekistonda minglab yangi kiberxavfsizlik tadqiqotchilari va mutaxassislari yetishib chiqishiga o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad qilganmiz.

@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
  • 🔥 23
  • 👍 7
  • ❤ 6
More from @turansecurity
  1. Oct 7, 2026🏆 Turan Security — Cyberkent 4.0 CTF’da yuqori natijalar! 5–6-oktabr kunlari “Kiberxavfsi…
  2. Sep 23, 2026🥇 Nukus CTF musobaqasida 1-o‘rin! Turan Security kiberxavfsizlik tashkiloti uchun yana bi…
  3. Sep 18, 2026Turan Security kompaniyasi Cyber Security Summit | CENTRAL EURASIA – CSS 2026 ishtirokchil…
  4. Sep 12, 2026Turan Security xavfsizlik byulleteni — GitLab CVE-2026-85706 Xavf darajasi: Critical — CVS…
  5. Sep 1, 2026😎Turan Security Xavfsizlik Byulleteni — Proxmox VE 7.4 Authentication Bypass Xavf darajas…
  6. Aug 25, 2026☠️Turansecurity xavfsizlik byulleteni — Keycloak CVE-2026-18963 Zaiflik darajasi : Kritik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →