🔥 Team1337 JAMOAMIZ — AITU CTF 2026 XALQARO MUSOBAQA G'OLIBI!
Kompaniyamiz mutaxassislari kiberxavfsizlik yo‘nalishida yana bir yirik xalqaro musobaqada g‘alabani qo‘lga kiritdi.
🇰🇿 24–25-aprel kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida o‘tkazilgan AITU CTF 2026 musobaqasining final bosqichida Team1337 jamoamiz Rossiya 🇷🇺, Qozog‘iston 🇰🇿, Janubiy Koreya 🇰🇷, Mo‘g‘iliston 🇲🇳, Yaponiya 🇯🇵 va boshqa davlatlardan kelgan TOP-20 jamoa orasidan faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqa chempioniga aylandi.
Jamoa a'zolari tadbir doirasida o'tkazilgan GeoGusser musobaqasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Mazkur musobaqa Astana IT University hamda FR13NDS TEAM tomonidan tashkil etildi. Tashkilotchilarga yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbir va samimiy mehmondo‘stlik uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.
❗️ Eslatib o‘tamiz, Turan Security kompaniyasi atiga 2 yil avval 4 kishilik jamoa bilan faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda esa 40 ga yaqin mutaxassislarni birlashtirgan holda, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik sohasini rivojlantirish va uni xalqaro maydonda munosib namoyon etish yo‘lida to'xtovsiz harakat qilmoqda.
Nasib bo'lsa biz to‘xtamaymiz. Oldinda yanada katta yutuqlar bor.
@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
Post #636
7.7K







- 👍 60
- 🔥 29
- ❤ 9