Kiberxavfsizlik bo'yicha seminar-trening!
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarining kiberxavfsizlik sohasidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida sohadagi yetakchi kompaniya mutaxassislari bilan seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda kompaniyamiz vakillari ham o‘zlarining amaliy tajribalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Akmaljon Sodiqov - Turan Security asoschisi:
📌 CNA nima? Kiberxavfsizlikda o'qib pul ishlash mumkinmi?
Yoldoshali Esonaliyev - Team Lead:
📌 Web ilovalar xavfsizligi.
Abdumutal Abdumutalov - Team Lead:
📌 Android ilovalari xavfsizligida statik tahlil usullari.
Seminar yakunida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
Post #625
3.69K









- 🔥 15
- 👍 7
- ❤ 2