FAXRIY USTOZLAR DOIMO HURMAT VA EHTIROMDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida ko‘p yillar davomida ta’lim va tarbiya sohasida samarali faoliyat olib borgan ustozlarni e’zozlashga bag‘ishlangan “Faxriy ustozlar doimo hurmat va ehtiromda” nomli tadbir o‘tkazildi.🗣Tadbirda fakultet dekani Sarvar Patxullayev, "Tabiiy tolalar texnologiyasi va injiniring" kafedrasi mudiri Sherqul Xakimov, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
⏺Tadbir davomida Tabiiy tolalar texnologiyasi va injiniring kafedrasi dotsenti Dremova Nadejda Vasilevnaning ko‘p yillik pedagogik faoliyati alohida e’tirof etildi.
⏺Ustozning ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali mehnati, talabalarga bilim berishdagi fidoyiligi va kafedra rivojiga qo‘shgan hissasi yuksak qadrlanib, faoliyatini yakunlagani munosabati bilan unga samimiy minnatdorlik bildirildi.








