TALABALAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan bir guruh talaba-yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi.
🗣Muloqot davomida talabalarning yashash sharoitlari, mavjud muammo va takliflari tinglandi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda Talabalar turar joyida qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari muhokama qilindi.
⏺Bildirilgan takliflar asosida tegishli chora-tadbirlarni belgilash, talabalarni qiynayotgan masalalarni hal etish va ularning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
💬Talabalar bilan muntazam muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash institut faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.






