IJARADA YASHAYOTGAN TALABALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda mas’ul xodimlar bilan birgalikda ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
🗣Uchrashuv davomida talabalarning yashash manzillaridagi sharoitlar bilan tanishilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.
⏺Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⏺Shuningdek, talabalarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda kuz-qish mavsumida ehtiyot choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.









