TGViewer
ToshDO‘TAU | RASMIY ToshDO‘TAU | RASMIY @tsuullofficial · 6.29K subscribers
Post #9969 1.56K

Forwarded from Edu.uz

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabidagi ta’lim modellarini o‘rgandi.

Ibn Xaldun universitetining asosiy tamoyili — intellektual mustaqillik. Bu yerda talabaga mustaqil va tanqidiy fikrlash, turli yondashuvlarni qiyoslash va o‘z g‘oyasini yaratish o‘rgatiladi. Universitet ta’limi ko‘p tilli va xalqaro muhitga yo‘naltirilgan.

“Yenidog‘u” maktabida esa bolaning qiziqishi, fikrlashi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, o‘z salohiyatini kashf etishiga yordam berish asosiy o‘rinda turadi. Bu yerda nazariyani hayot bilan bog‘laydigan maxsus ustaxonalar, loyihalar va amaliy mashg‘ulotlarga ham katta urg‘u beriladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 7
  • 🤩 1
More from @tsuullofficial
  1. Oct 17, 20262026-yil 20-oktabr 🕛 Soat 10:00 📍 212-auditoriya (B blok) O'zbek adabiyoti tarixi va mat…
  2. Oct 17, 20262026-yil 22-oktabr 🕛 Soat 10:00 📍 212-auditoriya (B blok) O'zbek tilshunosligi kafedrasi…
  3. Oct 17, 2026#Konferensiya 👥 O‘zbek tilining global maqomi va xalqaro nufuzini oshirish istiqbollariga…
  4. Oct 16, 2026#milliy_liboslar 🇺🇿 Juma — milliy liboslar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat…
  5. Oct 16, 2026#Tanlov 🤎Axborot-resurs markazida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksa…
  6. Oct 16, 2026#Malaka_oshirish ☑️ToshDO‘TAU delegatsiyasi Qozog‘istonning akademik E.A. Buketov nomidagi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →