TGViewer
Channel Public Channel
ToshDO‘TAU | RASMIY

ToshDO‘TAU | RASMIY

@tsuullofficial

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining "Telegram"dagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun: @ToshDOTAU_qabulxonabot

Rasmiy veb-sayt: www.tsuull.uz
Instagram: https://www.instagram.com/navoi.uni
Facebook : @tsuull
Subscribers
6.29K
Photos
7.1K
Videos
1.2K
Links
5.6K
Recent Posts 14 shown
Post #9988 1.09K
2026-yil 20-oktabr
🕛 Soat 10:00
📍 212-auditoriya (B blok)

O'zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedralarining kengaytirilgan yig’ilishida

👩‍💼Mulloqulova Shohista Jamshid qizining "Al-mo'jam" va "Funun ul-balog'a" asarlaridagi badiiy san'atlar qiyosi" mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi.

📚Ilmiy daraja: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
🔍Ixtisoslik: 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik

👩‍🏫 Ilmiy rahbar:
f.f.d., professor Dilnavoz Yusupova

📝Taqrizchilar:
- f.f.d., prof. Iqboloy Adizova
-  f.f.n., dots. Parviz Izzatillayev

🎓 Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrantlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • ❤ 7
  • 🆒 1
Post #9987 1.15K
2026-yil 22-oktabr
🕛 Soat 10:00
📍 212-auditoriya (B blok)

O'zbek tilshunosligi kafedrasi yig’ilishida

👩‍💼Qulto'rayeva Sarvinoz Bahodir qizining "Sho'rchi tumani toponimiyasi" mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi.

📚Ilmiy daraja: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
🔍Ixtisoslik: 10.00.01 - O'zbek tili

👩‍🏫 Ilmiy rahbar:
f.f.d., dotsent Muhammadiyeva Dilafruz Axtamovna

📝Taqrizchilar:
- f.f.f.d., dots. Gavharoy Komilova
-  f.f.f.d., dots. Mushtariy Xolmuradova

🎓 Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrantlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • ❤ 3
  • 🆒 1
Post #9986 1.51K
#Konferensiya

👥 O‘zbek tilining global maqomi va xalqaro nufuzini oshirish istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston hamda Buyuk Britaniya, Turkiya, Koreya va boshqa mamlakatlardan kelgan olimlar ishtirok etdi. Anjumanda o‘zbek tilini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, zamonaviy til ta’limi, raqamli muhitda til imkoniyatlarini kengaytirish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🔗Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • ❤ 7
  • 🔥 5
  • 🎉 3
  • 👍 1
  • 👏 1
  • 🤩 1
  • 🆒 1
Post #9985 1.9K
#milliy_liboslar

🇺🇿 Juma — milliy liboslar kuni

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida milliy liboslarimizga hurmat, ajdodlar merosiga ehtirom va milliy qadriyatlarimizga sadoqat alohida ahamiyat kasb etadi.

Milliy liboslarimiz xalqimizning boy madaniyati, nafis didi va o‘ziga xos an’analarini namoyon etadi. Ularni ardoqlash va targ‘ib qilish milliy o‘zligimizni asrashning muhim ifodasidir.

🔆🔆🔆🔆🔆🔆🔆 — millat faxri!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • ❤ 7
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 🆒 1
Post #9984 1.73K
#Tanlov

🤎Axborot-resurs markazida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda ishtirokchilar adabiy bilimlari, mutolaa darajasi va mustaqil fikrlash salohiyatini namoyon etdilar.

🔗Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • ❤ 1
  • 👏 1
  • 🎉 1
  • 🤩 1
  • 🆒 1
Post #9983 1.41K
#Malaka_oshirish

☑️ToshDO‘TAU delegatsiyasi Qozog‘istonning akademik E.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda milliy tadqiqot universitetida xalqaro ilmiy-pedagogik malaka oshirish dasturida qatnashmoqda. Dastur ta’limni raqamlashtirish sharoitida pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, zamonaviy o‘qitish usullarini o‘rganish va xalqaro tajriba almashishga qaratilgan.

🔗Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • 🎉 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #9982 1.29K
#Kelajak_soati

👥Universitetda filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanova ishtirokida “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi. Unda talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlashini shakllantirish hamda kelajak maqsadlarini aniq belgilash masalalariga e’tibor qaratildi.

🔗Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • ❤ 3
  • 🎉 1
Post #9981 1.58K
#Talabaga_qulaylik

☑️Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Gulnoza Jo‘rayeva talabalarning ijara xonadonlari va talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari bilan tanishib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Tashrif davomida sanitariya holati, xavfsizlik va ta’lim olish uchun yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.

🔗Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 👏 1
Post #9980 1.7K
#Tanlov

➖Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari o‘rtasida davlat tilining nufuzini oshirish va nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Millat ona tili bilan tirikdir!” tanlovi tashkil etildi. Unda ishtirokchilarning o‘zbek tilida ravon va savodli fikr ifodalashi hamda rasmiy ish yuritishda til me’yorlariga rioya etishiga e’tibor qaratildi.

🔗Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #9979 1.68K
🌍 XALQARO AKADEMIK MOBILLIK DASTURIGA MARHAMAT!

Jumabek Tashenev nomidagi universitet 40 dan ortiq hamkor universitetlarning bilim oluvchilarini joriy yilning oktabr oyidan akademik mobillik dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.

📚 Dastur doirasida ishtirokchilar:
▪️ Yetakchi professor-o‘qituvchilardan ta’lim olish va xalqaro tajriba orttirish;
▪️ To‘plangan ECTS kreditlarini o‘z universitetida to‘liq tan oldirish;
▪️ Zamonaviy o‘quv korpuslari, laboratoriyalar va kutubxona fondidan foydalanish;
▪️ Shymkent shahri bilan tanishish va yangi madaniy tajribalar orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌 Mashg‘ulotlar ikki hafta davomida yuzma-yuz, qolgan kunlari esa onlayn shaklda tashkil etiladi.

💰 Yotoqxona bepul!

📩 Ishtirok etish uchun o‘z universitetingizning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qiling.

🌐 Batafsil ma’lumot: https://tashenev.edu.kz/ru

Tajriba almashing, yangi bilimlar oling va kelajagingizni xalqaro imkoniyatlar bilan boyiting!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • 🔥 3
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #9978 1.69K
#Seminar

👥Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi qoshidagi ilmiy-nazariy seminarda Sabohat Qahhorova “Ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar – taraqqiyotning hal qiluvchi omili” mavzusida ma’ruza qildi.

🔗Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
  • ❤ 8
  • 👏 4
  • 🔥 2
Post #9977 1.17K

Forwarded from 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Ona tilim — millatim faxri! 🇺🇿

O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va asrlar qa’ridan kelayotgan bebaho merosimizdir. Uni asrash, e’zozlash va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimizning burchimizdir.

🎥 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan tayyorlangan videorolik ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtirom ifodasidir.
Tilimiz yashasa — millatimiz yashaydi!
  • ❤ 4
  • 🔥 2
  • 👍 1
Post #9976 1.39K

Forwarded from Edu.uz

#SavolJavob #30foizchegirma

Pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini davlat tomonidan qoplab berish tartibi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Ushbu imtiyozdan kimlar foydalanishi mumkin, qanday tartibda ariza topshiriladi va chegirma qay tarzda qo‘llaniladi? Quyida shu kabi ko‘p berilayotgan savollarga batafsil javob beramiz.


❓30 foizlik chegirma kimlarga beriladi?

❓Kontrakt pulini oldindan to‘liq yoki qisman to‘lagan bo‘lsam, chegirma olamanmi?

❓Ariza berishdan oldin joriy o‘quv yili uchun kontrakt shartnomasi bo‘lishi kerakmi?

❓Yarim grant, yarim kontrakt asosida o‘qiyotganlarga ham chegirma beriladimi?

❓Super-kontrakt asosida o‘qiyotganlar chegirma oladimi?

❓Ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

❓Agarda mening shartnomam stipendiyali bo‘lsa, shu shartnoma summasining 30 foiziga chegirma beriladimi?

❓Ariza qabul qilingach, shartnoma summasi o‘zgaradimi?

❓Ariza tasdiqlansa, pul darhol OTM hisobiga tushadimi?

❓Ariza topshirishning oxirgi muddati qachon?

❓Bir o‘quv yilida necha marta ariza berish mumkin? Rad etilsa, qayta yuborish mumkinmi?

❓Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatini qayerdan tekshirish mumkin?

Batafsil videoda 👆

Matnli o‘qish: https://gov.uz/edu/news/view/233356

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 1
  • 🎉 1
Post #9969 1.56K

Forwarded from Edu.uz

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi ilg‘or ta’lim tajribasi bilan tanishdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Istanbulda Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabidagi ta’lim modellarini o‘rgandi.

Ibn Xaldun universitetining asosiy tamoyili — intellektual mustaqillik. Bu yerda talabaga mustaqil va tanqidiy fikrlash, turli yondashuvlarni qiyoslash va o‘z g‘oyasini yaratish o‘rgatiladi. Universitet ta’limi ko‘p tilli va xalqaro muhitga yo‘naltirilgan.

“Yenidog‘u” maktabida esa bolaning qiziqishi, fikrlashi va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, o‘z salohiyatini kashf etishiga yordam berish asosiy o‘rinda turadi. Bu yerda nazariyani hayot bilan bog‘laydigan maxsus ustaxonalar, loyihalar va amaliy mashg‘ulotlarga ham katta urg‘u beriladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 7
  • 🤩 1
Older posts →

About this channel

How can I read @tsuullofficial without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ToshDO‘TAU | RASMIY: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ToshDO‘TAU | RASMIY have?
ToshDO‘TAU | RASMIY (@tsuullofficial) has 6.29K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ToshDO‘TAU | RASMIY know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →