Xabar berganimizdek, rektor boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Xonkendi shahrida bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon va O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari II rektorlar forumida ishtirok etdi.
Ikki mamlakatning 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirok etgan nufuzli forumning ochilish marosimida so‘zga chiqqan TDIU rektori K.Sharipov xalqlarimizni azaldan bog‘lab kelayotgan chuqur tarixiy ildizlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish hamda davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
📰— Ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradi, yangi g‘oyalar tug‘ilishi va ilmiy kashfiyotlar uchun keng imkoniyatlar ochadi. Shu bois O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ta’lim va ilm-fan hamkorligini rivojlantirish yo‘lida qo‘yilayotgan har bir qadam kelajakka qo‘shilayotgan munosib hissadir, — deya mamnuniyat bilan qayd etdi rektor.
Forum doirasida
K.Sharipov
Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri
Emin Amrullayev
bilan oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi loyihalar yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, panel sessiyalari doirasida Boku davlat universiteti hamda SOCAR tasarrufidagi Boku oliy neft maktabi rektorlari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda ikki tomonlama akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xalqaro grant tanlovlari uchun qo‘shma loyihalar tayyorlash hamda doktorantlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga doir qator takliflar atroflicha muhokama qilindi.
#RektorlarForumi #Xonkendi #OliyTalim #IlmFan
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial






