TGViewer
TDIU•TSUE•ТГЭУ TDIU•TSUE•ТГЭУ @tsueuzofficial · 31.5K subscribers
Post #28847 8.63K
#Bayram #Etirof

TDIUda O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, turli yillarda universitetga rahbarlik qilgan sobiq rektorlar, professor-o‘qituvchilar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

📌Tadbirda universitet rektori, professor To‘lqin Teshabayev ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning yosh avlodga bilim berish, malakali kadrlar tayyorlash hamda ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi. Rektor universitetning “THE World University Rankings–2027” xalqaro reytingida dunyoning TOP–700 talik universitetlari qatoridan joy olgani butun jamoaning hamjihatligi, ustozlarning ko‘p yillik mehnati, ilmiy izlanuvchilar va talabalarning intilishlari samarasi ekanini ta’kidladi. Ushbu yutuqda universitet rivojiga mustahkam poydevor yaratgan avvalgi rahbarlar hamda ustozlar avlodining ham munosib hissasi borligini qayd etdi.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
  • ❤ 19
  • 👍 6
  • 👏 1
More from @tsueuzofficial
  1. Oct 10, 2026TDIUda vazir maslahatchisi ishtirokida talaba-yoshlarning nutq madaniyati va muloqot mahor…
  2. Oct 10, 2026#Bunyodkorlik #YangiBino Rektor yangi barpo etilayotgan zamonaviy o‘quv majmuasida olib bo…
  3. Oct 10, 2026Avazadagi sammitlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning keng mintaqamiz tinch, xavfsiz, iqtis…
  4. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →