Yettinchi milliy dastur—tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik — taraqqiyot garovi!
☑️ Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining yettinchi ustuvor yo‘nalishi mamlakatimiz xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash hamda ochiq va pragmatik tashqi siyosat olib borishga qaratilgan.
✅ Mazkur yo‘nalish doirasida quyidagi muhim vazifalar alohida ahamiyat kasb etadi:
- Milliy xavfsizlikni mustahkamlash — Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirish va davlat chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash.
- Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish — Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va xalqaro maydonda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish.
- Millatlararo totuvlikni ta’minlash — jamiyatimizdagi tinchlik, hamjihatlik, millatlararo do‘stlik va ichki barqarorlikni asrab-avaylash.
- Zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish — kiberxavfsizlikni kuchaytirish, axborot makonidagi tahdidlardan himoyalanish va aholining axborot immunitetini mustahkamlash.
▶️Zero, tinchlik va osoyishtalik hukm surgan yurtdagina taraqqiyot, farovonlik va buyuk kelajak uchun mustahkam poydevor yaratiladi.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram