✅ Joriy yilning 9-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment fakulteti MO-900/26–MO-905/26 guruh talabalari o‘rtasida “Giyohvandlik va narkojinoyatchilikning oldini olish — yoshlar kelajagi kafolati” mavzusida profilaktik uchrashuv bo’lib o’tdi.
🚨 Uchrashuvda universitetga biriktirilgan HQMB inspektori, katta leytenant N. M. Islomova, profilaktika katta inspektori, kapitan O. Adhamjonov hamda tyutorlar
faoliyatini muvofiqlashtirish va
talaba-yoshlar bilan manzilli ishlash bo'limi tyutori M. Ibragimova ishtirok etdilar.
⚡️ Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni mazmun-mohiyati, giyohvandlik va narkojinoyatchilikning salbiy oqibatlari, yoshlarni zararli illatlardan asrash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
📶 Shuningdek, internet orqali tarqatilayotgan noqonuniy takliflardan ogoh bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱Telegram 📱Instagram





