7 ta ustuvor yo‘nalishning 6-si: Mahalla — yangi islohotlarning asosiy buyurtmachisi!
🇺🇿 Prezidentimiz ta’kidlaganidek, odamlar kayfiyati, oilalar farovonligi, yoshlar orzulari va tadbirkorlar tashabbusi, eng avvalo, mahallada namoyon bo‘ladi. Shu bois mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylanadi.
✔️Yangi yondashuvga ko‘ra, tuman budjetlari, investitsiya dasturlari va infratuzilma loyihalari mahallalarning real ehtiyojlari asosida shakllantiriladi. Avvallari rejalar yuqoridan belgilanib kelgan bo‘lsa, endilikda hududni rivojlantirishda aholining o‘zi muhim o‘rin tutadi.
✔️Mahalla raisining vazifasi endi faqat muammolarni aniqlash bilan cheklanmaydi. U hududning iqtisodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, yangi ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va talab yuqori bo‘lgan kasblarni belgilashda faol ishtirok etadi.
📌Chunki farovon jamiyatning poydevori — obod mahalla, baxtli oila va faol fuqarodir!
Menejment fakulteti
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram