💡TALABALAR UCHUN "ENG YAXSHI KREATIV G'OYA" RESPUBLIKA TANLOVI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun "Eng yaxshi kreativ g'oya" respublika tanlovining universitet bosqichida ishtirok etish uchun startap g'oyalar qabul qilinmoqda!.
Kreativ g‘oya — bu muammo yoki vazifaga odatiy bo‘lmagan, yangi va qiziqarli yondashuv orqali yechim topish fikridir. Kreativ g‘oya mutlaqo yangi ixtiro bo‘lishi shart emas. Mavjud mahsulot, xizmat yoki usulni boshqacha shaklda qo‘llash, takomillashtirish yoki yangi yo‘nalishda birlashtirish ham kreativ g‘oya hisoblanadi.
🏆Universitet bosqichi g'oliblari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi va u yerda 300 mln so'mgacha pul mukofotini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi!
🗓 Hujjatlar qabuli: 10-noyabrgacha quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.
📌Murojaat uchun:
📩@digitalfinance_TSUE
📍Moliya kampusi, 8-bino, 220-xona
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
